Mahsulotlarimiz turlari


Kundalik iste’mol uchun

Turli xil holvalar qadim-qadimdan beri qadriyatlarimizning ajralmas qismi hisoblanadi. Ular orasida Qo‘qon holvalari esa o‘zgacha o‘ringa ega. “Avvali” holvalari ham kundalik iste’molingizda nonushta, desert va shunchaki mehmondorchilik uchun ajoyib tanlov bo‘lishiga ishonamiz. Chunki biz 25 yillik tajribamiz asosida hosil bo‘lgan sifatni chiroyli qutilarga joyladik va ular har kuni dasturxoningiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi.

Premium mahsulotlar

Biz mehmonlarimiz, do‘stlarimiz va yaqinlarimizni shunchalik qadrlaymizki, ularga o‘zimizda boridan ham ko‘pini bergimiz keladi. “Avvali” holvalarining Premium mahsulotlari esa ana shunday paytlar uchun mo‘ljallangan. Ularning kundalik iste’mol uchun holvalarimizdan farqi — tarkibidagi eng yaxshi, eng mazali va eng qimmat mahsulotlar ko‘proq miqdorda qo‘shilganida. Premium holvalarimiz nafaqat o‘zingiz uchun, shuningdek mehmonlaringiz, yaqinlaringiz va uzoqdagi do‘stlaringizga sovg‘a sifatida yuborish uchun ajoyib tanlov bo‘ladi.

Kundalik iste’mol uchun (kilogrammda)

Mahsulotlarimizning sifati hamda mazasini shunchalik qadrlashadiki, hatto bir necha kilogrammlab ham xarid qilib qo‘yishadi. Shu o‘rinda “Avvali” holvalari 2 oygacha sifatini yo‘qotmasligini ham alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Doimiy mijozlarimizdan birining aytishicha — holvaning ko‘pi bo‘lmaydi, ayniqsa “Avvali” holvalarining! Agar siz bir necha kilogramm holva xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, buning iloji bor: biz bilan aloqaga chiqing.

Premium mahsulotlarimiz (kilogrammda)

“Avvali” — Qo‘qon holvalarining Premium mahsulotlarini kilogrammlab xarid qilib, turli tadbirlaringiz, to‘y-tantalaringizda dasturxoningizni yanada mazaliroq bezatishingiz mumkin. Shuningdek, mehmonga borganda, to‘yga to‘yona uchun yoki shunchaki sovg‘a uchun ham ko‘p miqdordagi Premium holvalarimizni o‘zimizdan buyurtma qila olasiz. Ayniqsa, chet eldagi qarindoshlar, do‘stlar yoki hamkorlar uchun “Avvali” Premium holvalari doimiy tanlovga aylanib ulgurgan.

Mahsulotlarimizni tanlashlariga bir nechta sabab:



Sifat

Biz Qo‘qon holvasini ishlab chiqarish bilan deyarli 25 yildan beri shug‘ullanamiz. Ushbu ulkan tajriba mahsulotlarimiz sifatini kafolatlaydi.

Tozalik

Mahsulotlarimizni ishlab chiqarishda tozalikka qattiq e’tibor qaratamiz va hatto sotuv joylaridan ham shunday ishlashlarini doim iltimos qilamiz.


Maza

Holvalarimizning shirinligi tabiiy, ammo mazasi sabab odamlar unga o‘zgacha mehr qo‘yishgan ...

Biz har yerda

Biz ishlab chiqargan holvalar butun O‘zbekiston bo‘ylab, eng yirik supermarketlar va qo‘shni Respublikalarda ham sotiladi.